“Unicon-Soft” jamoasi kibersport musobaqasida ishtirok etadi

18.06.2026
300
“Unicon-Soft” jamoasi kibersport musobaqasida ishtirok etadi

BLOODY CORPORATE CUP ayti va boshqa sohalardagi kompaniyalar xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan an’anaviy korporativ kibersport turniri. Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad ishdan tashqari vaqtda xodimlar o‘rtasida jamoaviy muhitni, bir-birini tushunish ko‘nikmasini (team building) rivojlantirish.

Turnirning muhim sharti shundaki, unda professional kibersportchilar emas, aynan kompaniya xodimlari ishtirok etadi. Jamoada o‘ynayotgan har bir inson o‘sha kompaniyaning mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlaydigan xodimi bo‘lishi kerak. Legionerlarni jalb etish taqiqlanadi.

9-bor o‘tkazilayotgan turnirda ilk bor Unicon-Soft MCHJ jamoasi ham ishtirok etmoqda. Bu kompaniya xodimlarining kibersportdagi salohiyatini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat.

Musobaqada 16 ta jamoa qatnashadi. Har bir jamoada 5 nafardan asosiy, 3 nafardan zaxira o‘yinchi bor. Ishtirokchilardan kamida 2 oylik stajiga ega bo‘lish talab etiladi. Barcha o‘yinlar jonli efirda translyasiya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Musobaqaning guruh bosqichi o‘yinlari 20-21 iyun, play-off bosqichi va final bahslari esa 28 iyun kuni o‘tkaziladi. 1-o‘rinni olgan jamoa medallar hamda chempionlik kubogidan tashqari 5 mln so‘m miqdoridagi mukofotga ega bo‘ladi. 2- va 3-o‘rinni egallaganlarga esa medallar bilan birga 3 hamda 2 milliondan mukofot beriladi.

Tavsiya