Mehr va e’tibor ba’zan har qanday dori-darmondan ham kuchliroq shifo va madad bo‘lishi mumkin. 31-iyul kuni “Unicon Soft” MCHJ jamoasi ana shunday ezgu ishni amalga oshirdi.
Onkologik va onkogematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolajonlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yunusabad Gallery” majmuasida “Sen kuchlisan” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda kichik musavvirlarning mo‘jizaviy suratlari ko‘rgazmasi hamda kimoshdi savdosi tashkil etildi.
Tadbirda saratonni yengish uchun matonat ko‘rsatayotgan 20 nafar bola va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Bolalar tomonidan chizilgan har bir suratda cheksiz umid, hayotga bo‘lgan muhabbat hamda kelajak orzulari aks etgani tadbir ishtirokchilarining qalbini to‘lqinlantirdi.
Shu sababli ham “Unicon Soft” MCHJ xodimlari kimoshdi savdosida juda faol ishtirok etishdi. Hamkasblarimiz suratlarni mehr va e’tibor bilan xarid qilib, bolajonlarning davolanishiga beg‘araz hissa qo‘shishga, ularga yolg‘iz emasliklarini his ettirishga intilishdi.
#Mustaqillik35, #Uzb35