Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Karyera kuni” o‘tkazildi. Unda “Unicon Soft” MCHJ o‘z stendi bilan ishtirok etdi.
Mehnat yarmarkasida korxonaning faoliyat yo‘nalishlari, davlat va xususiy sektor uchun joriy etilgan IT-yechimlar hamda dasturiy mahsulotlar namoyish etildi. Shu bilan birga, bugungi kunda qanday mutaxassislarga ehtiyoj borligi, kompaniyada amaliyot o‘tash tartibi va ishga qabul qilish shartlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Muloqot davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarilib, kelgusida “Unicon Soft” jamoasiga qo‘shilish istagidagi talabgorlarga ishga qabul qilishda belgilangan asosiy talab va mezonlar tushuntirildi.