Ariza yuborish

“Raqamli mahalla” ilovasi yuklanishlar soni bo‘yicha TOP-5likda!

17.07.2025
22
“Raqamli mahalla” ilovasi yuklanishlar soni bo‘yicha TOP-5likda!

“Raqamli Mahalla” mobil ilovasi foydalanishga chiqarilganidan so‘ng o‘tgan 1 hafta ichida:

  • Google Play Store'da 10,000+ marta yuklab olindi;
  • Ilova o‘zbekistonliklar tomonidan yuklab olingan TOP-5 ilovalar reytingida 2-o‘rinni egallab turibdi.

“Raqamli mahalla” platformasi — “mahalla yettiligi” tomonidan aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minot hisoblanadi (https://www.lex.uz/uz/docs/-7051236). “Raqamli mahalla” uning mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan ilovasi bo‘lib, ayni paytda undan faqatgina Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar egalari foydalanishlari mumkin. 

“Raqamli mahalla” ilovasi mahalla yettiligi va aholi uchun kundalik faoliyatda samarali elektron yordamchi bo‘lishga mo‘ljallangan. U  mahalladagi muammolarni aniqlash, hal etish, aholi bilan interaktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish imkoni mavjud.

  • Ilovani yuklab oling:
    play.google.com/store/apps/details?id=uz.uniconsoft.mahalla

Tavsiya