Ariza yuborish

“E-huquqshunos”da innovatsion funksiyalar joriy etilmoqda

11.07.2025
255
“E-huquqshunos”da innovatsion funksiyalar joriy etilmoqda

“E-huquqshunos” elektron tizimi orqali ishlab chiqilayotgan hujjat loyihalari soni o‘sib borayotgani jarayonga axborot texnologiyalarining eng so‘nggi yutuqlarini joriy etish orqali ish hajmini optimallashtirishni taqozo etmoqda. Shu ma’noda Adliya vazirligi Unicon Soft kompaniyasi bilan hamkorlikda tizimga sun’iy intellekt imkoniyatlari izchillik bilan tatbiq etib bormoqda. 

Jumladan, tashkilotlar tomonidan yuridik tusdagi hujjat loyihalarini ishlab chiqishga yordam beruvchi Yurist AI nomli chat-bot ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida ishga yangi kirgan, yuridik tusdagi hujjat loyihalari bilan ishlan ko‘nikmasi shakllanmagan xodimlar ham yuridik tusdagi hujjat loyihasini osongina tayyorlashi mumkin.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi tashabbusi bilan tizimda mavjud barcha hujjat loyihalarini Meta usulida shakllantirish imkoniyati yaratildi. Bu orqali davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari yuridik tusdagi hujjat loyihasini to‘lagigacha ishlab chiqmaydi. Balki loyiha bo‘yicha kerakli bandlarnigina to‘ldiradi. Qolgan jarayonlar avtomat ravishda amalga oshiriladi. 

Bu o‘z navbatida, tashkilotlarning hujjat loyihasini yaratishga hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlarining huquqiy ekspertizaga sarflayotgan vaqtini optimallashtirish bilan birga hujjatlarni tezkor va sifatli qabul qilinishiga xizmat qilmoqda.

Adliya vazirligi hamda «Unicon-soft» kompaniyasi «E-huquqshunos» elektron tizimi faoliyatiga zamonaviy innovatsiyalarni jalb qilish ustida doimiz izlanishda. Xususan, kelgusida yuridik ekspertiza jarayonida eksterritoriallik prinsipini joriy qilish, yuridik tusdagi hujjat loyihalarini paket shaklida qabul qilish, bu jarayonlarda ham sun’iy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish rejalashtirilgan.

Tavsiya