O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va Unicon Soft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Raqamli mahalla” platformasining mobil ilovasini Play Marketdan hech qanday to‘lovlarsiz, mutlaqo bepul yuklab olish mumkin.
Bugungi kunda respublikadagi barcha mahallalar yettiligi kundalik faoliyatini to‘liq “Raqamli Mahalla” mobil ilovasi yordamida yuritmoqda. Ilovadan nafaqat mahalla tizimi xodimlari, balki har bir yurtdoshimiz foydalanishi, o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan mahalla mas’ullariga murojaat qilishi mumkin.
“Raqamli mahalla” platformasi va ilova orqali mahallaga oid barcha ma’lumotlar yagona bazada jamlanadi va tahlil qilinadi. Bu esa mahallalarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining manzilli yuritilishini ta’minlaydi.
Ilova bilan bog‘liq qandaydir muammo yoxud tushunmovchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, bu haqda tizim operatori – Unicon Soft kompaniyasining yagona Call-markazi (+99871 200-46-46)ga murojaat qilib, yordam olishingiz mumkin.