Ariza yuborish

iOS foydalanuvchilari uchun yangilik — “Raqamli mahalla” App Store’da!

29.09.2025
49
iOS foydalanuvchilari uchun yangilik — “Raqamli mahalla” App Store’da!

“Raqamli mahalla” platformasining iOS qurilmalari uchun mo‘ljallangan ilovasi rasman foydalanishga chiqarildi! 🚀 Uni App Store orqali yuklab olib, mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin. ⬇️

iOS versiyasida nima qila olasiz?

  • Mahalla yettiligi a’zolari bilan tanishish;
  • Yettilik a’zolarining vakolatlari haqida ma’lumot olish;
  • Onlayn murojaat yuborish, yettilik a’zolari bilan fikr almashish, mahalla hayotiga doir masalalar bo‘yicha takliflar bildirish;
  • Yuborilgan murojaatlarni real vaqt rejimida kuzatish;
  • Ijtimoiy yordam olish uchun ariza topshirish;
  • Xorijdan munosib ish topishda davlat ko‘magidan foydalanish –
    va boshqa ko‘plab imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

“Raqamli mahalla” — mahallangiz hayotida faol ishtirok etish va mavjud davlat xizmatlaridan tez va oson foydalanishning eng qulay yo‘li.

Eslatib o‘tamiz: avvalroq “Raqamli mahalla” platformasining Android qurilmalari uchun chiqarilgan mobil ilova 1 hafta ichida  Oʻzbekistondagi TOP-5 ommabop ilovalar ro‘yxatida 2-o‘rinni egallagandi. Hozirga qadar u 50 ming martadan ko‘proq yuklab olingan.

Tavsiya