Ariza yuborish

“Ijro.gov.uz” tizimi takomillashtirilib, yangi mexanizmlar joriy qilinadi

01.08.2025
27

2025-yil 25-iyulda “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–117-sonli Prezident farmoni qabul qilingan edi.

Adliya vazirligida ushbu hujjatning mazmun va mohiyatini ijrochilarga tushuntirish,  ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan turli takliflarni realizatsiya qilish maqsadida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Seminarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar hamda xo‘jalik birlashmalarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalarining 100 dan ortiq xodimlari bevosita hamda 500 ga yaqini videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi. Tadbirda Hisob palatasi va Adliya vazirligi tomonidan ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, kelgusidagi rejalar tahlil qilindi. 

“UNICON SOFT” kompaniyasi mutaxassislari seminarda  “Ijro.gov.uz” tizimini texnik jihatdan takomillashtirish bo‘yicha joriy qilinadigan yangi mexanizmlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berishdi. Tadbir yakunida “Ijro.gov.uz” elektron tizimidagi mavjud tushunmovchiliklar bevosita ijrochilar bilan muhokama qilindi hamda birgalikda tizimni doimiy takomillashtirib borish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

Tavsiya