Tadqiqot natijalariga ko‘ra, odamlar ChatGPT‘ning terapevtik javoblarini jonli psixoterapevtlarning fikrlaridan ajratishda qiynalishadi, qolaversa, sunʼiy intellekt javoblari ko‘pincha insonlarga qaraganda ko‘proq hamdardlik bildiruvchi sifatida qabul qilinmoqda.
Informatika fani asoschilaridan biri Alan Tyuring tomonidan taklif etilgan klassik Tyuring testi insonning mashina yoki boshqa odam bilan muloqot qilayotganini aniqlay olish qobiliyatini tekshiradi. Yaqinda olimlar bu g‘oyani psixoterapiyaga moslashtirishdi: ular 830 nafar ishtirokchidan ChatGPT va jonli terapevtlarning javoblarini farqlashni so‘rashdi. PLOS Mental Health jurnalida eʼlon qilingan maqolaga ko‘ra, ishtirokchilar bu vazifani tasodifiy taxmindan biroz yaxshiroq bajara olishdi: ular 56,1 foiz holatda inson terapevtlarining javoblarini, 51,2 foiz holatda esa ChatGPT javoblarini to‘g‘ri aniqlay olishdi. Tadqiqotda 18 ta juftlik terapiyasi holati tahlil qilinib, ularda 13 nafar tajribali mutaxassisning javoblari ChatGPT tomonidan yaratilgan javoblar bilan qiyoslandi.
Ha, sunʼiy intellekt dadil qadamlar bilan ildamlayapti...