Mebel jihozlarini xarid qilish bo‘yicha tender e’loni

11.05.2026
180

Loyiha buyurtmachisi: “UNICON-SOFT” MChJ Yuridik manzil: 100093, Toshkent sh., Yunusobod tumani, 4-mavze, 84-uy, “Yunusobod Gallery” majmuasining 8-qavati.

“UNICON-SOFT” MChJ 160 dona ish stoli va stullarini yetkazib berish бўйича eng yaxshi takliflar tanlovini e’lon qiladi.

Texnik talablar:

  • Stol dizayni: Loft uslubida;

  • Stol o‘lchamlari: 100 x 70 x 75 sm.

  • Stul tavsifi: Temir karkasli, o‘tirish joyi va suyanchig‘i yumshoq qoplamali bo‘lishi lozim.

Tanlovda belgilangan mezonlarga va ilova qilingan texnik topshiriqlarga javob beradigan barcha kompaniyalar (Ishtirokchilar) qatnashishi mumkin.

  • Arizalarni topshirish boshlanish muddati: 2026-yil 11-may.

  • Arizalarni qabul qilishning yakuniy muddati: 2026-yil 16-may, soat 15:00.

Muhim eslatma: Buyurtmachi istalgan vaqtda, arizalarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar, tanlovni bekor qilish yoki barcha arizalarni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Tijorat takliflari va tegishli hujjatlar to‘plami elektron shaklda info@uniconsoft.uz pochtasiga yoki Telegram orqali mas’ul shaxsga yuborilishi kerak.

Bog‘lanish uchun: +998 (71) 202-46-46

Tavsiya