Unicon-soft kompaniyasi hamda Sun’iy intellekt alyansi o‘rtasida raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar:
Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda sun’iy intellekt ekotizimini mustahkamlash, texnologik eksportni oshirish va raqamli iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.
Eslati o‘tamiz, 2025-yilning oktyabrida o‘tkazilgan sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha sun’iy intellekt sohasida dunyoning TOP-50 davlatlari qatoriga kirish maqsadini ochiqlagan, buning uchun esa ilg‘or mamlakatlar tajribasiga tayanilgan holda Sun’iy intellekt alyansi tashkil etilishini ma’lum qilgandi.