“UNICON SOFT” — davlat va biznes uchun ishonchli AI integrator

30.01.2026
149
“UNICON SOFT” — davlat va biznes uchun ishonchli AI integrator

Unicon Soft kompaniyasi O‘zbekiston bozorida sun’iy intellekt yo‘nalishida AI integrator sifatida to‘liq siklli xizmatlarni taqdim etadi. Kompaniya AI infratuzilmani loyihalashdan boshlab, real natija beruvchi va amalda ishlayotgan AI asosidagi axborot tizimlarini joriy etishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi.

Ishlash yondashuvimiz

Unicon Soft’ning yondashuvi aniq, tizimli va natijaga yo‘naltirilgan:

Server → AI platforma → AI model → Integratsiya → Amaliy natija

Bu model har bir loyiha texnik, biznes va axborot xavfsizligi talablariga to‘liq mos holda amalga oshirilishini ta’minlaydi.


NVIDIA GPU infratuzilmasi va AI serverlari

Kompaniya zamonaviy NVIDIA GPU texnologiyalari asosida qurilgan yuqori unumli AI serverlarini yetkazib beradi. Biz H200, B200 va B300 asosidagi NVIDIA AI serverlarini qisqa muddatlarda taqdim etamiz.

Xizmatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • serverlarni o‘rnatish, sozlash va ishga tushirish;

  • data-markazda yoki mijoz hududida (on-prem) joylashtirish;

  • mavjud infratuzilmaga moslashtirish va optimallashtirish.


O‘zbekistonda GPU serverlarini ijaraga berish (tez kunda)

Yaqin vaqt ichida Unicon Soft O‘zbekiston hududida joylashgan GPU serverlarini ijaraga berish xizmatini yo‘lga qo‘yadi. Ushbu xizmat quyidagi ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan:

  • AI modellarni o‘qitish (training);

  • fine-tuning va inference jarayonlari;

  • Big Data va analitika;

  • pilot va vaqtinchalik AI loyihalar.


AI integrator sifatidagi xizmatlarimiz

Unicon Soft mijoz ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kompleks AI yechimlarini ishlab chiqadi va joriy etadi:

  • mijoz talablariga mos AI modellarni yaratish;

  • tayyor modellarni moslashtirish va takomillashtirish (fine-tuning);

  • AI asosida ishlovchi axborot tizimlarini loyihalash va ishga tushirish;

  • mavjud tizimlar bilan integratsiya
    (ERP, CRM, Billing, Workflow, DWH, API va boshqalar).


Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik

Kompaniya axborot xavfsizligini ustuvor yo‘nalish deb biladi. Barcha yechimlar davlat va korporativ xavfsizlik talablariga mos holda ishlab chiqiladi.

  • ma’lumotlar yopiq tarmoq ichida qayta ishlanadi;

  • tashqi bulutlar va uchinchi tomon serverlari qo‘llanilmaydi;

  • to‘liq on-prem yoki mahalliy GPU infratuzilmasi ishlatiladi;

  • ma’lumotlar mijoz hududidan tashqariga chiqmaydi.


Kimlar uchun mo‘ljallangan?

Unicon Soft’ning AI yechimlari quyidagi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan:

  • davlat tashkilotlari, vazirliklar va idoralar;

  • banklar va moliya sektori;

  • sanoat korxonalari va yirik biznes tuzilmalari.

Bog‘lanish uchun: +998 70 000 77 17 (09:00 dan 18:00 gacha)

Tavsiya