Ariza yuborish

“Ijro.gov.uz” va “E-Huquqshunos” tizimlari uchun 2026-yilgi abonent to‘lovi tasdiqlandi

22.10.2025
791
“Ijro.gov.uz” va “E-Huquqshunos” tizimlari uchun 2026-yilgi abonent to‘lovi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-sentabrdagi 07/53-4-21209-son xati bilan tasdiqlаngan narx deklaratsiyalariga (07/53-4-2025/3 va 07/53-4-2025/4) hamda “Unicon-Soft” MChJning 2025-yil 2-oktabrdagi 11-sonli buyrug’iga asosan “Ijro.gov.uz” va “E-Huquqshunos” axborot tizimlaridan foydalanish uchun 2026-yilgi abonent to‘lovi yangi narxlari belgilandi.

Unga ko‘ra:

  • Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari  tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan tashkilotlarni “E-Huquqshunos” elektron tizimiga ulash, tizim ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish xizmatlari uchun bir oylik to‘lov — 375 000,0 so‘m (QQSsiz, bir abonentga);
  • Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi  operatori xizmatlarini ko‘rsatish xizmatlari uchun — 74 500,0 so‘m (QQSsiz, bir foydalanuvchiga) etib belgilandi.

Mazkur to‘lovlar 2026-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi ва tizimlardan foydalanayotgan, “Unicon-Soft” MChJ bilan shartnoma asosida xizmatlardan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan abonentlar sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Tavsiya