
UNICON SOFT kompaniyasida zamonaviy elektronika, embedded tizimlar va yangi avlod aqlli qurilmalarini loyihalashtirish, sinovdan o‘tkazish hamda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan R&D markazi tashkil etildi.
Markaz zamonaviy laboratoriya hamda prototiplash uskunalari bilan jihozlangan. Bu esa g‘oyani ishlab chiqishdan tortib, tayyor ishlaydigan qurilma prototipini yaratishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni yagona muhitda amalga oshirish imkonini beradi.
Shu o‘rinda R&D markazida qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida ma’lumot berib o‘tish maqsadga muvofiq. Bu yerda elektron platalar sxemalarini tuzish, ularning loyihalarini tayyorlash, prototiplar yaratish va sinovdan o‘tkazish imkoniyati mavjud.
Markazda LPKF kompaniyasining zamonaviy uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida 8 qatlamgacha bo‘lgan PCB/PCBA prototiplarini laboratoriya sharoitida ishlab chiqish mumkin. Formlabs kompaniyasining ilg‘or SLA va SLS 3D printerlari orqali yuqori aniqlikdagi mexanik detallar, korpus va funksional prototiplar tayyorlanadi.
Bundan tashqari, telekommunikatsiya va sanoat elektronikasi sohasidagi zamonaviy elektron qurilmalar loyihalashtirilib, MediaTek, Intel hamda Snapdragon kabi ilg‘or mikrosxemalar asosida murakkab apparat platformalari yaratiladi.
Eng muhimi, markazda elektronika, embedded software, mexanik dizayn va prototiplash jarayonlarini yagona R&D muhitida olib borish imkoniyati mavjud.
Biz kimlarni izlayapmiz?
R&D jamoamizga:
kabi yo‘nalishlarda tajribaga ega professional muhandislarni taklif qilamiz.
Shuningdek, hali katta tajribaga ega bo‘lmasa-da, elektronika, embedded tizimlar, platalar, mikroprotsessorlar va zamonaviy qurilmalar yaratishga jiddiy qiziqadigan, tez o‘rganishga va real loyihalarda ishlashga tayyor iqtidorli yoshlar bilan ham ishlashga tayyormiz.
Nega aynan bizni tanlashingiz kerak?
UNICON SOFT R&D markazi o‘z g‘oyangizni elektron sxemadan bosma plataga, undan tayyor prototipga, prototipdan esa real mahsulotga aylantirish imkoniyatini taqdim etadi.
Bu yerda MediaTek, Intel, Snapdragon kabi yetakchi texnologik platformalar asosida ishlash, professional laboratoriya uskunalaridan foydalanish hamda O‘zbekistonda yangi hardware mahsulotlarini yaratishda bevosita ishtirok etasiz.
Maqsadimiz — O‘zbekistonda kuchli Hardware va Embedded Engineering maktabini shakllantirish hamda mahalliy yuqori texnologiyali mahsulotlarni yaratish.
Agar siz tayyor texnologiyalardan shunchaki foydalanishni emas, ular asosida yangi qurilmalar yaratishni istasangiz — jamoamizga qo‘shiling!
Nomzodlar quyidagi havola orqali ariza qoldirishlari mumkin:
https://forms.gle/z1fBwGUJ8KgPFyq58