“UNICON-SOFT” — ASOCIO Digital & AI Awards 2026 g‘olibi!

12.10.2026
377
“UNICON-SOFT” — ASOCIO Digital & AI Awards 2026 g‘olibi!

“Unicon Soft” kompaniyasi Osiyo va Okeaniya mintaqasining nufuzli ASOCIO Digital & AI Awards 2026 mukofotining “Digital Government” (Raqamli hukumat yo‘nalishidagi loyihalari uchun) nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda g‘oliblarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

ASOCIO (Asian-Oceanian Computing Industry Organization) — Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi 25 ta mamlakat IT-assotsiatsiyalarini o‘zida jamlagan nufuzli xalqaro federatsiyadir.

  • 29 000+ IT-kompaniya: Mintaqadagi 29 mingdan ziyod yetakchi texnologiya kompaniyalarini birlashtiradi.

  • Jahon YaIMning 45 foizi: Tashkilotga a’zo davlatlar iqtisodiyoti global yalpi ichki mahsulotning (YaIM) qariyb 45 foizini tashkil etadi.

E’tirofning ahamiyati:

  1. Raqamli yechimlar sifati: “Digital Government” nominatsiyasidagi g‘oliblik — kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan raqamli loyihalar hamda elektron hukumat tizimlari xalqaro standart va talablarga javob berishini ko‘rsatadi.

  2. Xalqaro hamjamiyat ishonchi: Mintaqaning rivojlangan davlatlari IT-ekosistemasi va ekspertlari tomonidan berilgan ushbu baho “Unicon Soft” mahsulotlarining raqobatbardoshligini isbotlaydi.

  3. Mintaqaviy nufuz: Mazkur natija O‘zbekistonning raqamli transformatsiya va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etadi.

“Unicon Soft” jamoasini ushbu e’tirof bilan qutlaymiz hamda kelgusi faoliyatida yangi zafarlar tilaymiz.

Tavsiya