Xakerlar ikki yil ichida butun dunyo bo‘ylab 2,3 million bank kartasi maʼlumotlarini o‘g‘irlagan

06.03.2025
563
Xakerlar ikki yil ichida butun dunyo bo‘ylab 2,3 million bank kartasi maʼlumotlarini o‘g‘irlagan

2023-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda dunyo bo‘ylab xakerlar foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini o‘g‘irlash uchun mo‘ljallangan zararli dasturlar - stilerlardan foydalanib, 2,3 milliondan ortiq bank kartasi maʼlumotlarini qo‘lga kiritgan. Bu haqda TASS axborot agentligi “Kasperskiy laboratoriyasi”ga asoslanib xabar bermoqda.

“Texnik tahlil natijalariga ko‘ra, sizib chiqqan maʼlumotlarning 95 foizi haqiqiy bank kartalariga tegishli ekanligi aniqlandi”, - deya maʼlum qildi kompaniya vakillari.

Agentlik aniqlashtirganidek, butun dunyo miqyosida o‘g‘irlangan kartalar ulushi 1 foizdan oshmaydi.

Mutaxassislar maʼlumotlariga ko‘ra, shaxsiy maʼlumotlari o‘g‘irlangan qurilmalarning aksariyati - taxminan 26 millioni Windows operatsion tizimida ishlaydi. Biroq, “Kasperskiy laboratoriyasi” taʼkidlashicha, bu xavfsizlik darajasi bilan emas, balki ushbu tizimning keng tarqalganligi bilan bog‘liq.

Shunday qilib, o‘rtacha har 14-chi stiler bilan zararlanish holati bank kartasi maʼlumotlarining sizib chiqishiga olib kelmoqda. 26 million holat orasida zararli dastur bilan qayta zararlanish holatlari ham kuzatilmoqda.

Tavsiya