YouTube‘dagi podkastlar tomoshabinlari soni oylik 1 milliard ko‘rsatkichga yetdi

27.02.2025
560
YouTube‘dagi podkastlar tomoshabinlari soni oylik 1 milliard ko‘rsatkichga yetdi

YouTube videoxostingi har oyda 1 milliard podkast tomoshabini borligini maʼlum qildi. Bu raqam raqobatdosh platformalar auditoriyasidan ancha yuqori. Masalan, 2023 yilda Spotify 100 million doimiy podkast tinglovchisi mavjudligini xabar qilgan bo‘lsa, Apple Podcasts bu ko‘rsatkich bo‘yicha yana-da orqada qolmoqda.

YouTube bu yutuqni platforma ijodkorlar va tomoshabinlar uchun podkastingda muhim ahamiyat kasb eta boshlaganini ko‘rsatuvchi muhim bosqich deb baholadi. Kompaniya taʼkidlashicha, YouTube‘ning podkast tajribasini yaxshilashga yo‘naltirilgan sarmoyalari o‘zini oqlamoqda.

Shuningdek, YouTube‘dan daromad oluvchi podkast mualliflari soni ham ortib borayotganligi ham aytib o‘tildi.

Edison Podcast Metrics maʼlumotlariga ko‘ra, podkastlarning haftalik 13 yoshdan katta bo‘lgan tinglovchilarining 31 foizi YouTube‘ni afzal ko‘radi. Spotify va Apple Podcasts mos ravishda 27% va 15% ulushga ega.

O‘tgan yili YouTube foydalanuvchilari oyiga 400 million soatdan ortiq podkastlarni faqat televizorlarda tomosha qilishgan. Shu yilning fevral oyidayoq servis bosh direktori Nil Moxan foydalanuvchilar YouTube‘ni mobil qurilmalarga qaraganda televizorda ko‘proq tomosha qilishini taʼkidlagan edi.

YouTube RSS kanallar bilan boshqa podkast platformalari kabi ishlamaydi. Har bir podkast YouTube‘ning mahalliy videosiga aylanishi kerak. Bunday yondashuv ijodkorlardan YouTube qoidalariga rioya qilishni va platformaning reklama tizimlaridan foydalanishni talab etadi.

Tavsiya