“Har o‘ninchi kishi bir xil PIN-koddan foydalanadi” – 1234

31.01.2025
434
“Har o‘ninchi kishi bir xil PIN-koddan foydalanadi” – 1234

“ABC” nashri muharrirlari Julian Fell va Tereza Tan odamlarga maʼlumotlar sizib chiqishidan zarar ko‘rgan-ko‘rmaganligini aniqlashga yordam beradigan “Have I Been Pwned?” saytidagi 29 million PIN-kodni tahlil qilishdi. Ular foydalanuvchilar hali ham eng oddiy kodlarni tanlashga moil ekanligini aniqladilar, ulardan biri taxminan million marta uchraydi.

Eng ko‘p uchraydigan kod 1234 bo‘lib, undan deyarli har o‘ninchi kishi foydalanadi. Mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda 0000 turadi, undan keyin 1111 keladi. 1212 va 4444 birinchi o‘ntalikka kirgan.

19 yoki 20 dan boshlanadigan kodlar ham juda mashhur. Bular foydalanuvchining tug‘ilgan yiliga asoslangan kombinatsiyalardir. Ushbu turdagi kodlarning eng mashhuri 1986 bo‘lsa, 2004 birinchi yigirmatalikka kirgan. Bundan tashqari, sanalar bilan bog‘liq kombinatsiyalar orasida 2512 mashhurdir.

4321 (1234 ning teskarisi) kodi juda ko‘p uchraydi. Baʼzilar 1342ni tanlab, o‘ziga xoslikni ko‘rsatishga va raqamlarni “chalkashtirishga” urinishgan. Bunday foydalanuvchilar shunchalik ko‘p ediki, bu kod mashhurlik bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Fell va Tanning taʼkidlashicha, shunga o‘xshash zaiflik turli xizmatlar va akkauntlarning parollarida ham kuzatiladi. Jumladan, 1234 paroli NordPass VPN tomonidan tuzilgan keng tarqalgan parollar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Yetakchi uchlikda esa 123456, admin va password turibdi.

Tavsiya