Ariza yuborish

Bitcoin narxi 80 000 dollardan oshdi – bu yangi tarixiy maksimum

11.11.2024
4670
Bitcoin narxi 80 000 dollardan oshdi – bu yangi tarixiy maksimum

So‘nggi kunlarda bitkoin narxi barqaror o‘sishda davom etmoqda. O‘tgan sutka ichida dunyodagi eng mashhur kriptovalyuta kursi 4 foizdan ko‘proqqa ko‘tarildi, haftalik o‘sish esa 16 foizgacha yetdi. Natijada, bitkoinning narxi har bir tanga uchun 80 000 dollardan oshib ketdi, bu yangi tarixiy yuqori ko‘rsatkichdir. Ekspertlar buni AQSHdagi prezidentlik saylovlarida respublikachilardan nomzod Donald Trampning g‘alabasi bilan bog‘lamoqda.

Odatda, dam olish kunlari kriptovalyuta bozoridagi savdolar hajmi pasayadi, chunki ko‘plab institutsional investorlar va professional treyderlar faolligini kamaytiradi. Likvidlikning pasayishi o‘zgaruvchanlikning oshishiga olib kelishi mumkin, bu sharoitda hatto kichik bitimlar ham kriptovalyuta kursining sezilarli tebranishiga sabab bo‘ladi. Biroq, shanba va yakshanba kunlari bitkoin narxining sezilarli o‘sishi bozor faolligini kichik investorlar rag‘batlantirayotganidan dalolat beradi. Bu nafaqat institutsional o‘yinchilar, balki kichik investorlar tomonidan ham kriptovalyutaga qiziqish yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

CoinDesk platformasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, bitkoin-treyderlar orasida foyda olish kriptovalyutaning oldingi faol o‘sish davrlaridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan ahamiyatsiz bo‘lib qolmoqda. Bu bitkoin kursining, ehtimol, o‘sishda davom etishini bildiradi. Bitkoinning hozirgi barqaror o‘sishi nafaqat Trampning AQSH prezidenti saylovidagi g‘alabasi, balki Federal zaxira tizimi foiz stavkasini 25 bazis punktga pasaytirganini eʼlon qilgani bilan ham bog‘liq.

Boshqa kriptovalyutalar ham bitkoin kursi oshishi fonida faol o‘smoqda.

Jumladan, HMSTR coin narxi dam olish kunlari 2 barobarga o‘sib, 0,0057 AQSH dollarigacha ko‘tarildi. To‘g‘ri, keyin yana arzonlashish boshlandi va o‘rtacha 0,0047 ko‘rsatkichi atrofida savdo qilinmoqda.

O‘zi umuman HMSTR coin taqdirini muvafaqqiyatli deb bo‘lmaydi. Natijalarga qarasak, kriptobirjalarga rasman chiqqan sanasidan boshlab asosan pasayish tomon yurgan.

Coinmarketcap maʼlumotlariga ko‘ra, 5 noyabr kungi savdolarda tarixiy minimumni kuzatish mumkin, 1 HMSTR – 0,002273 AQSH dollariga baholangan.

Tavsiya