“2028 yilga kelib sunʼiy intellekt bajarolmaydigan ish qolmaydi” – Mask

03.11.2024
698
“2028 yilga kelib sunʼiy intellekt bajarolmaydigan ish qolmaydi” – Mask

Ha, sunʼiy intellekt yildan-yilga sezilarli darajada takomillashib bormoqda. Bu borada eʼtiborli shaxslardan sanalgan Ilon Mask shunday deydi: “Aniq hisoblash qiyin, ammo ishonch bilan ayta olamanki, har yili vaziyat 10 barobar yaxshilanmoqda ... Demak, to‘rt yildan so‘ng bu 10 000 marta yaxshilanishni anglatadi. Balki 100 000 martagacha bo‘lishi mumkin”.

So‘nggi kunlarda bergan intervyularida sunʼiy intellektning rivojlanish surʼatlari, shuningdek, insoniyat uchun tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xavflari haqida so‘zlar ekan, Tesla asoschisi, “SI qachon insoniyatni samaradorlik bo‘yicha ortda qoldiradi”, degan savolga ham javob berib ketdi:

“Menimcha, u yaqin bir-ikki yil ichida har qanday inson bajara oladigan barcha ishlarni qila oladi. Barcha odamlar birgalikda bajara oladigan ishlarni o‘zlashtirishi uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi? Menimcha, ko‘p emas. Atigi uch yil deb o‘ylayman. Demak, taxminan 2028 yoki 2029 yillarda SI qo‘lidan kelmaydigan ish qolmaydi”

Tavsiya