
Sunʼiy intellektdan foydalangan holda generativ videotexnologiyalarga ixtisoslashgan Genmo kompaniyasi Mochi 1 modelining tadqiqot versiyasini eʼlon qildi. Bu matn asosida yuqori sifatli videolarni yaratish uchun mo‘ljallangan ochiq dasturiy yechimdir. Kompaniyaning taʼkidlashicha, Mochi 1 o‘z samaradorligi bo‘yicha Runway‘ning Gen-3 Alpha, Luma AI‘ning Dream Machine, Kuaishou‘s Kling va boshqa yetakchi modellar bilan raqobatlasha oladi.
Mochi 1 – video yaratish uchun o‘z turida birinchi ochiq kodli modeldir. Apache 2.0 litsenziyasi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi ushbu servis video yaratishda kuchli imkoniyatlardan bepul foydalanishni taklif etadi. Hailuo Unlimited kabi Mochi 1 raqobatchilari oyiga 94,99 dollardan pullik tariflarni taklif qilsa, yangi model bepul muqobilni taqdim etmoqda.
Hozircha foydalanuvchilar 480p aniqlik darajasini qo‘llab-quvvatlaydigan model bilan ishlashlari mumkin. Mochi 1 HD – yuqori aniqlikdagi versiya yil oxiriga qadar ishga tushirilishi kutilmoqda. Xabarda aytilishicha, dastlabki sinovlarda model odamlar ishtirokidagi videolarni yaratishda realistik harakatlar va matnli ko‘rsatmalarga aniq rioya qilishni xususiyatini namoyish etgan.