Ariza yuborish

“Navbatdagi qadam”: to‘rt oyoqli “Asalxo‘r” roboti suv ostida yurishni o‘rgandi (video)

17.10.2024
258
“Navbatdagi qadam”: to‘rt oyoqli “Asalxo‘r” roboti suv ostida yurishni o‘rgandi (video)

Polshaning MAB Robotics kompaniyasi Honey Badger (inglizchada – asalxo‘r) robotining yangi qobiliyatini namoyish etdi – to‘rt oyoqli mashina hovuz tubida yugurishni “o‘rgandi”.

Suvda oyoq bilan harakatlanish, masalan, parraklar bilan solishtiradigan bo‘lsak, unchalik samarali hisoblanmaydi, lekin ushbu tajribadan ko‘zlangan asosiy maqsad robotning harakatchanligi va ishonchliligini ko‘rsatish. Ishlab chiquvchilarning fikricha, dastlab quruqlikdagi operatsiyalarda ishlash uchun mo‘ljallangan “Asalxo‘r” falokat joylarida jabrlanganlarni qidirish va qutqarish ishlarida foydali bo‘ladi.

“Suv ostida to‘siqlarni yengib o‘tishga qodir bo‘lgan harakatlanish tizimlarini ishlab chiqish – bu qiziqarli jarayon va suv bosgan hududlarda tekshirish va texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatiga taʼsir salohiyati meni hayratga soladi”, – dedi MAB Robotics hammuassisi va bosh direktori Yakub Bartoshek (Jakub Bartoszek).

Jabrlanganlarni qidirish va qutqarish robotlashtirilgan tizimlar oldidagi eng muhim vazifalardan biridir – ularni qo‘llash insonni tabiiy ofat va antropogen halokatlar joylaridagi potensial xavfli hududlarga shaxsan tashrif buyurish zaruratidan ozod qiladi.

Tavsiya