C# – 2023-yil dasturlash tili mukofotini qo‘lga kiritdi (TIOBE)
TIOBE indeksi tarixida birinchi marta C# yil dasturlash tili mukofotini qo‘lga kiritdi. C# bir yil ichida eng katta o‘sishga erishgan til bo‘lib (+1,43%), 20 yildan ortiq vaqtdan beri TOP10dan tushmay kelayotgan edi. Endi esa birinchi to‘rtlikka chaqiriq bilan chiqmoqda. So‘nggi tendensiyalarga eʼtibor qaratsak yaqin orada Java‘ni quvib o‘tishi ehtimoli yuqori. Scratch (+0,83%) va Fortran (+0,64%) kabi tillarning ham o‘sishi yomon emas.
C# dan tashqari, o‘tgan yili TIOBE indeksida juda ko‘p qiziqarli o‘zgarishlar yuz berdi. Fortran va Kotlin dasturlash tillari R va Perl kabi eski favoritlar o‘rniga birinchi 20talikning doimiy “aʼzosi”ga aylanishdi.
2024-yil, yanvar |
Dasturlash tili |
Reyting |
1 |
Python |
13.97% |
2 |
C |
11.44% |
3 |
C++ |
9.96% |
4 |
Java |
7.87% |
5 |
C# |
7.16% |
6 |
JavaScript |
2.77% |
7 |
PHP |
1.79% |
8 |
Visual Basic |
1.60% |
9 |
SQL |
1.46% |
10 |
Scratch |
1.44% |
11 |
Go |
1.38% |
12 |
Fortran |
1.30% |
13 |
Delphi/Object Pascal |
1.09% |
14 |
MATLAB |
0.97% |
15 |
Assembly language |
0.92% |
16 |
Swift |
0.89% |
17 |
Kotlin |
0.85% |
18 |
Ruby |
0.80% |
19 |
Rust |
0.79% |
20 |
COBOL |
0.78% |
TIOBE Programming Community indeksi dasturlash tillarining mashhurligini baholovchi ko‘rsatkich hisoblanib, har oyda bir marta yangilanadi. Ushbu reyting butun dunyo bo‘ylab malakali muhandislar, kurslar va maqolalar soniga asoslanadi. Reytinglarni hisoblash uchun Google, Bing, Yahoo!, Wikipedia, Amazon, YouTube va Baidu kabi mashhur qidiruv tizimlaridan foydalaniladi.