Ariza yuborish

Elektron imzo bilan bog‘liq 9 fakt

24.11.2023
532
Elektron imzo bilan bog‘liq 9 fakt

Hali ham elektron hujjatdan “qo‘rqasizmi”? Unda elektron imzo bilan bog‘liq 9 fakt Sizning tasavvuringizni o‘zgartirish kerak.

– MSB Docs‘da keltirilishicha, dunyoda elektron imzolardan foydalanish ko‘lami kengayib bormoqda. So‘nggi 5 yilda elektron imzoli tranzaksiyalar soni 198 mln.dan 4 mlrd 754 mln.gacha oshgan;

– bu hali hammasi emas, 2024 yilga kelib elektron imzolar soni 69 foizga o‘sishi kutilmoqda;

– demak, 2026 yilga borib elektron imzo bozori 18 mlrd 473 million dollarni tashkil etishini bashorat qilish mumkin.

Endi xarajatlar masalasida:

– maʼlumotlarga ko‘ra, AQSH kompaniyalari ish yuritishda faqat qog‘ozning o‘ziga yiliga 8 milliard dollar sarflashadi;

– elektron imzoli tizimning joriy etilishi esa xarajatlarni 85 foizga kamaytiradi;

– elektron hujjatga o‘tish kompaniyalarga, shuningdek, pochta xarajatlarida 80 foizgacha iqtisod qilish imkonini beradi.

Ish jarayonida:

– anʼanaviy ish tizimida faoliyat olib boruvchi kompaniyalarning 65 foizida tegishli hujjatlarga imzolarni to‘plash xodim uchun qo‘shimcha 1 ish kunini talab qiladi;

– korxonalarning 41 foizi esa o‘z hujjatlarining 50 foizidan ko‘piga imzo qo‘yishni talab qiladi va ularni imzolash uchun hujjatning yarmidan ko‘pini chop etishga majbur bo‘ladi.

– elektron hujjatga “o‘tgan” kompaniyalarda maʼlumotlar bilan ishlashdagi xatoliklar 90 foizgacha kamayishiga erishish mumkin.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, elektron raqamli imzo nafaqat urf, balki zarurat ham bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, pandemiya davri uning dolzarbligi ko‘rsatdi. Inson qulaylikka tez o‘rganadi, ammo buning uchun yangilikdan qo‘rqmaslik va zamon bilan hamnafas bo‘lish kerak. Ko‘pincha imkoniyatlar eshigi mashaqqat devori ortida turgandek ko‘rinadi, aslida esa yangilik va yengillikka bir qadam qolgan bo‘ladi.

Tavsiya