ICANN .su domeni operatorini rasman ogohlantirdi: sovet davridan qolgan bu domen 2030 yilgacha o‘chirilishi mumkin.
Domen nomlarini taqsimlashni boshqaruvchi ICANN notijorat tashkiloti SSSR uchun yaratilgan domenni, agar operator tomonidan muddatini uzaytirishga erishilmasa, besh yil ichida o‘chirish rejalashtirilmoqda.
2025 yil 6 fevralda ICANN bilan bog‘liq PTI tashkiloti .su operatoriga domen faoliyatini rejali ravishda to‘xtatish to‘g‘risida xat yubordi. 2022 yilda tasdiqlangan milliy domenlar faoliyatini to‘xtatish siyosati qoidalariga ko‘ra, agar mamlakat yoki hudud ISO 3166-1 tizimidagi kodni yo‘qotsa, uning domeni besh yildan so‘ng o‘chirilishi lozim.
.su domeni 1992 yilda ISO 3166-1 dan chiqarilgan bo‘lsa-da, u shu paytgacha tizimda saqlanib qolgan edi. ICANN ccNSO‘ning yangi siyosati tasdiqlanmaguncha uni yopish uchun hech qanday chora ko‘rmagan. Endi esa jarayon boshlandi.
Hozirda Rossiyaning “Jamoatchilik tarmoqlarini rivojlantirish instituti” tomonidan boshqarilayotgan domen nomi yangi ro‘yxatdan o‘tishlar uchun ochiq va .su hududida 100 000 ga yaqin sayt mavjud.
Domenni o‘chirishni 2030 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan, biroq operator yana besh yilga uzaytirishni so‘rashi mumkin. Buning uchun ICANN va ccNSO roziligi talab etiladi.
ICANN 13 fevral kuni “5 yillik muddat” boshlanishi haqida rasmiy bildirishnoma chiqarmoqchi edi, ammo hozircha buni amalga oshirmagan.