Telegram yangi suhbatlarda foydalanuvchilar haqidagi qo‘shimcha maʼlumotlarni ko‘rsatishni sinovdan o‘tkazmoqda.
Yangi suhbatlarda foydalanuvchilar haqidagi qo‘shimcha maʼlumotlar Telegramning Android operatsion tizimidagi beta-versiyasida ko‘rsatila boshlandi - jumladan, telefon raqami berilgan mamlakat va hisob qaydnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana haqidagi maʼlumotlar ko‘rinadi, deb xabar bermoqda Telegram Info kanali.
Telegram-kanal maʼlumotlariga ko‘ra, Android operatsion tizimidagi 11.8 beta-versiyasida suhbatni boshlagan foydalanuvchi haqida qo‘shimcha maʼlumotlar aks ettirilgan.
Suhbatdoshning telefon raqami berilgan mamlakat, uning hisob qaydnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana, umumiy guruhlar soni, shuningdek, hisob qaydnomasi rasmiy ekanligi haqidagi maʼlumotlar ko‘rinib turadi.