Ariza yuborish

Qozog‘istonda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish uchun yagona huquqiy asos yaratiladi

05.02.2025
410
Qozog‘istonda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish uchun yagona huquqiy asos yaratiladi

Qozog‘iston Majilisi “Sunʼiy intellekt to‘g‘risida”gi qonun loyihasi va unga tegishli o‘zgartirishlarni ko‘rib chiqishga kirishdi. Asosiy hujjat bilan sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning yagona huquqiy asosi belgilanmoqda.

“Qonun loyihalari sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning yagona huquqiy asosini yaratishga qaratilgan. Asosiy qonun loyihasi bilan sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlik shaffofligini taʼminlashni tartibga solishning huquqiy va tashkiliy asoslari, davlat organlari va kvazidavlat tashkilotlari tomonidan texnologiyalardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari, ushbu sohadagi munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilanadi”, - dedi majlis deputati Nurtay Sabilyanov.

Tegishli o‘zgartirishlar bilan sunʼiy intellektdan foydalanilgan mahsulotlarga nisbatan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va bunday tizimlar tomonidan foydalaniladigan shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza etish taʼminlanadi.

Shuningdek, deputatlar sunʼiy intellekt tizimlari tomonidan yaratilgan ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatish xavfsizligini qonuniy yo‘l bilan taʼminlashni va sunʼiy intellekt tizimlari egalari hamda mulkdorlariga maʼmuriy javobgarlik belgilashni ko‘zda tutmoqda.

Tavsiya